Kontent qismiga oʻtish

Hikmat Hoshimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hikmat Hoshimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hikmat Hoshimov
Tavallud sanasi 12-may 1979-yil (1979-05-12) (45 yosh)
Tavallud joyi Toshkent[manba kerak] Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 m (597 ft 1 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 79
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998 MHSK 4 (0)
1999—2001 Doʻstlik - (0)
2001—2002 Soʻgʻdiyona 43 (4)
2003—2004 Metallurg 54 (12)
2005 Lokomotiv 20 (0)
2006 Andijon 30 (2)
2007 Nasaf 29 (3)
2008—2010 Metallurg 72 (13)
2010 Bunyodkor 12 (0)
2011—2017 Metallurg 202 (7)
Milliy terma jamoa
2006—2008 Oʻzbekiston 13 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020 uchun)

Hikmatjon Hoshimov[1] (ruscha: Хашимов, Хикмат; 1979-yil 12-noyabr[2]) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida ishtirok etgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 2007-yilgi Osiyo Kubogi final turniri ishtirokchisi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hikmat Hoshimov 18 yoshida Toshkentning MHSK klubi asosiy jamoasi tarkibida futbol oʻynashni boshlagan. 1999-yilgi mavsum boshida „Doʻstlik“ klubi tarkibiga oʻtgan va ikki mavsum davomida klubning oʻrinbosalar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2001-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan va klubning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylanagn. Hikmat keyinchalik faoliyati davomida „Lokomotiv“ (Toshkent), „Andijon“, „Nasaf“ va „Bunyodkor“ klublarida oʻynagan.

Hoshimov faoliyatining turli yillarida, uzoq muddat Bekobodning „Metallurg“ jamoasi tarkibida oʻynagan[3][4][5][6] va Oʻzbekiston chempionatlarida ushbu klub safida 300 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan[7].

Milliy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasining oʻsh davrdagi bosh murabbiyi Rauf Inileyev Hoshimovni terma jamoaga jalb etgan. Futbolchi terma jamoadagi debyut oʻyinini 2007-yil 7-fevralda Ozarbayjon jamoasiga qarshi oʻtkazgan[8]. 2007-yil 23-martda Tayvan terma jamoasiga qarshi terma jamoadagi oʻzining birinchi golini urgan[9].

2007-yilning iyul oyida Hoshimov Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etgan. Turnirda davomida bitta oʻyinda maydonga tushgan[10].

Hikmat terma jamoa safida jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan, shuningdek, ikkita norasmiy oʻyinda ham ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning Liga 1 chempionatida oʻynaydigan birinchi oʻzbek futbolchisi Abduqodir Xusanov Hikmat Hoshimovning oʻgʻli hisoblanadi[11][12].